Toshkentda gandbol boʻyicha Osiyo chempionati boshlanmoqda
Bugun Toshkentda gandbol boʻyicha 19 yoshli qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start oladi. Unda qitʼamizning eng kuchli 8 jamoasi gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Xitoy Taipeyi, Gonkong va Hindiston jamoalari bilan bellashadi. Hamyurtlarimiz birinchi turni bugun Hindistonga qarshi oʻtkazishi koʻzda tutilgan. Oʻyin soat 18:30 da musobaqaga mezbonlik qiladigan “Alpomish” muz saroyida boshlanadi. Jamoamizning guruh bosqichidagi taqvimi bilan tanishing:
1-tur: Oʻzbekiston – Hindiston (20-avgust, 18:30)
2-tur: Oʻzbekiston – Gonkong (21-avgust, 18:00)
3-tur: Oʻzbekiston – Xitoy Taipeyi (24-avgust, 18:00)
4-tur: Oʻzbekiston – Xitoy (25-avgust, 18:00)
Maʼlumot uchun, ushbu qitʼa birinchiligi kelasi yil U20 yosh toifasida oʻtadigan jahon chempionatiga saralash vazifasini oʻtab beradi. Musobaqada yarim finalga yetib borgan jamoalarga jahon chempionati yoʻllanmasi nasib etadi.
