19 Avgust 2025 456

Erkin kurashchimiz Sherzod Poyonov jahon chempionligini qoʻlga kiritdi

Shu kunlarda Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bugun oʻtkazilgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor boʻldi.

Ushbu medalni erkin kurashchimiz Sherzod Poyonov keltirdi. -92 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz saralashda Gretsiya, Yaponiya, Kanada va neytral maqomda kurashgan rossiyalik sportchilarni magʻlub etishga erishgan edi. Hal qiluvchi bellashuvda esa qozogʻistonlik Kamil Kurugliyevni dogʻda qoldirib, jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Text to speech