19 Avgust 2025
398
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Andijonda ham ikkinchi bosqichga start berildi
Bugun “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqichi doirasida 9 hududda 4 sport turida bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Taqvimga muvofiq, bugun stol tennisi bahslari bilan Andijondagi musobaqalar ham boshlandi.
Shuningdek, kun davomida Navoiyda ham stol tennisi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Toshkent viloyatida boks boʻyicha final janglari tashkil etilgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ogʻir atletika bahslari boshlandi.
Toshkent shahri, Qashqadaryo, Jizzax, Fargʻona va Buxoro viloyatlarida esa sport kurashlari boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi.









