19 Avgust 2025
560
Konkurchilarimiz “Maxima masters” turnirining final bosqichida 6 ta medal jamgʻarishdi
Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Maxima masters” turnirining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Qiziqarli bellashuvlar yakunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Oltin medal:
125 sm (toʻsiq balandligi): Bekzod Qurbonov
150 sm: Bekzod Qurbonov
Kumush medal:
Jamoaviy dastur
150 sm: Bekzod Qurbonov
Bronza medal:
110 sm: Bahromjon Gaziyev
125 sm: Bekzod Qurbonov


