19 Avgust 2025
454
Badiiy gimnastikachilarimizning jahon chempionatida qatnashadigan tarkibi aniq
20-24-avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada qatnashadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Braziliyaga yetib bordi. Mamlakat gimnastika federatsiyasining maʼlum qilishicha, boʻlajak dunyo birinchiligida sportchilarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:
Yakkalik mashqi:
Anastasiya Saranseva
Taxmina Ikromova
Guruh mashqi:
Mumtozabonu Isʼhoqzoda
Irodaxon Sodiqova
Amaliya Mamedova
Adelya Fayzulina
Evelina Atalyans
Maftuna Zoirova
