18 Avgust 2025
456
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun besh hududda bahslar tashkil etildi
Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqasining 2-bosqich bellashuvlari katta qiziqishga sabab boʻlmoqda. Bugun yurtimizning besh hududida uch sport turida musobaqalar boʻlib oʻtdi.
Toshkent shahri va Fargʻona viloyatlarida sport kurashlari boʻyicha kuchlilar aniqlandi. Xorazm va Namangan viloyatlarida esa yosh badiiy gimnastika ustalari oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Shuningdek, Toshkent viloyatida boks boʻyicha yarim final janglari oʻtkazilib, ertaga Prezident Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladigan sportchilar maʼlum boʻldi.






