18 Avgust 2025
539
Merganlarimiz Osiyo chempionatini kumush medal bilan boshlashdi
Shu kunlarda Qozogʻistonning Chimkent shahrida oʻq otish sporti turlari boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. 29 mamlakatdan 756 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning bugungi bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga sazovor boʻldi.
Yoshlar oʻrtasida kechgan 10 metrdan pnevmatik toʻpponchadan otish dasturida hamyurtmiz Ilhombek Obidjonov kumush medalga sazovor boʻldi. Merganimiz faqatgina hal qiluvchi pallada hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi.



