17 Avgust 2025
500
"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari": Bugun Toshkent viloyatida boks va dzyudo bahslari o‘tkazildi
"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarida bugun Toshkent viloyati yoshlari boks va dzyudo bo‘yicha bellashishdi. Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya tayyorlash markazida o‘tgan bahslarda boks bo‘yicha navbatdagi saralash janglari tashkil etildi. Shuningdek, 8 tadan vazn toifasida dzyudochi yigitlar va qizlar oltin medal bilan birga Prezident Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurashishdi.




