17 Avgust 2025
530
Bokschilarimiz jahon chempionati oldidan Angliya yig‘iniga jo‘nab ketishdi
4-14- sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Bugun boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi dunyo birinchiligiga puxta tayyorgarlik koʻrish uchun “Tumanli Albion”ga joʻnab ketdi.
Rejaga koʻra, jamoamiz musobaqa oldidan Sheffild shahrida soʻnggi yigʻinni oʻtkazadi. Unda mahalliy ob-havoga moslashish ham koʻzda tutilgan. Ushbu yigʻinga 20 nafar sportchi jalb etilgan. Mashgʻulotlar yakunida jahon chempionatida ishtirok etuvchi yakuniy tarkib aniqlab olinadi.
Shuningdek, 20-avgust kuni Elshod Rasulov boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz ham Angliyaga yoʻl olishi koʻzda tutilgan.
