16 Avgust 2025 508

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Basketbol 3x3 debyuti boʻlib oʻtdi

Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining hududiy bosqichi doirasida basketbol 3x3 boʻyicha bahslar ham boshlandi. Toshkent viloyatida tashkil etilgan musobaqada viloyat yoshlari oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Shuningdek, ushbu hududda bugun stol tennisi va boks boʻyicha bahslar ham oʻtkazildi.

Toshkent shahri va Namangan viloyatida ogʻir atletika boʻyicha musobaqalar tashkil qilindi. Qolaversa, kun davomida Fargʻonada taekvondo WT, Sirdaryoda sport kurashlari va Qashqadaryoda dzyudo bahslari boʻlib oʻtdi.

Text to speech