16 Avgust 2025
425
3 nafar dzyudochimiz Yevropa yigʻiniga joʻnab ketdi
17-24-avgust kunlari Ispaniyaning Valensiya shahrida dzyudo boʻyicha xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini tashkil etiladi. Yevropa, Osiyo va Amerika qitʼasidan 1000 nafarga yaqin sportchini jamlaydigan mazkur yigʻinda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi.
Bugun Olimpiada sovrindorlari Davlat Bobonov va Alisher Yusupov, shuningdek, Shahram Ahadov ushbu yigʻinda qatnashish uchun Valensiyaga yoʻl olishdi. Sportchilarimizga murabbiy Nurali Qobulov hamrohlik qiladi.
