16 Avgust 2025 446

Toshkentda yengil atletika boʻyicha xalqaro turnir boshlandi

Bugun poytaxtimizda yengil atletika boʻyicha “Silk Road to Tokyo” xalqaro turniri start oldi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu musobaqada 15 davlatdan 250 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda.

17-avgust kuni yakunlanadigan turnir kelasi oy Tokio shahrida oʻtadigan jahon chempionatiga reyting ochkolarini taqdim etadi. Dasturga koʻra, atletlar 22 yoʻnalish boʻyicha bellashishadi. Xususan, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ham asosiy tarkibda medallar uchun kurash olib borishadi.

Text to speech