15 Avgust 2025
466
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun uch sport turi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi
Fargʻona viloyatida taekvondo WT boʻyicha dastlabki kun bahslari boʻlib oʻtdi. Bugungi taqdirlash marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarni qutladi.
Toshkent viloyatida sport kurashlari va boks boʻyicha navbatdagi kun bellashuvlari oʻtkazilgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida har ikki sport turlaridagi musobaqalar oʻz yakuniga yetdi.
Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida sport kurashlari, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlarida boks boʻyicha bahslar tashkil etildi.









