15 Avgust 2025
572
Kamondan otish boʻyicha jahon chempionatida qatnashadigan tarkibimiz maʼlum qilindi
5-12-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kvanju shahrida kamondan otish boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi ushbu dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar nomini maʼlum qildi. Unga koʻra, quyidagi sportchilarimiz musobaqada ishtirok etishadi:
Erkaklar:
Amirxon Sodiqov
Shohjahon Abdulhamidov
Bekzod Boborajabov
Ayollar:
Ziyodaxon Abdusattorova
Nilufar Hamroyeva
Jasmina Nurmanova
