14 Avgust 2025 602

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun toʻqqiz hududda bahslar tashkil etildi

“Yangi Olimpiya Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari bugun Respublikamizning toʻqqiz hududini qamrab oldi. Kun davomida yosh sportchilar 5 ta sport turida bellashishdi.

Eng koʻp oʻtkazilgan bahslar salmogʻi Toshkent viloyati hisobiga toʻgʻri keladi. Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya markazi hamda Nurafshon shahrida taekvondo WT, sport kurashlari, ogʻir atletika va badiiy gimnastika boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatlarida sport kurashlari hamda boks boʻyicha navbatdagi bahslar boʻlib oʻtdi. Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlarida boks boʻyicha saralash, Qashqadaryo viloyatida esa final janglari oʻtkazildi.

Shuningdek, Xorazm va Namangan viloyatlarida sport kurashlari boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Text to speech