14 Avgust 2025
449
Taekvondochilarimizning “Yangiobod”dagi yigʻini yakunlandi
Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham hozirda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda. Sportchilarimiz “Yangiobod”dagi mashgʻulotlarni tugatib, bugun assotsiatsiya bazasiga qaytishdi.
Ortda qolgan yigʻinda umumiy jismoniy tayyorgarlik va texnik harakatlarni kuchaytirishga eʼtibor qaratildi. Endi terma jamoa Koreya Respublikasining Muju shahrida oʻtadigan xalqaro musobaqaga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiradi.
