14 Avgust 2025
458
Erkin kurashchilarimiz Turkiyada jahon chempionatiga tayyorlanishmoqda
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi shu kunlarda Turkiyaning Kastamonu shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 6-avgust kuni boshlangan ushbu yigʻin kelasi oy boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikning asosiy bosqichi vazifasini oʻtab beradi.
Mashgʻulotlarda terma jamoamizning 15 nafar aʼzosi ishtirok etyapti. Yigʻinda kurashchilarimiz bilan birga bir qator davlatlardan tashrif buyurgan sportchilar ham qatnashmoqda. Rejaga koʻra, mashgʻulotlar 27-avgustga qadar davom etadi.
