13 Avgust 2025 752

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Toshkent viloyatida tantanali start, yetti hududda toʻrt sport turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi

Bugun ham Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yangi Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari doirasidan oʻrin olgan bir qator bellashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, Toshkent viloyatida hokimlik, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida 2-bosqich bellashuvlariga ramziy start berildi. Viloyat yoshlari ertagan bahslarga kirishishadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatida sport kurashlari hamda boks boʻyicha bahslar boʻlib oʻtdi. Nukus shahrida kechgan boks musobaqalarining ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev qatnashdi.

Buxoro, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida boks boʻyicha saralash janglari tashkil etildi. Shuningdek, Toshkent shahrida dzyudo, Fargʻona viloyatida esa badiiy gimnastika boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Text to speech