13 Avgust 2025 648

Anvar Anvarov Vengriyadagi turnirda bronza medalini qoʻlga kiritdi

Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika boʻyicha Gyulai István Memorial - Hungarian Athletics Grand Prix turniri boʻlib oʻtdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan oltin darajadagi mazkur musobaqada qatnashgan hamyurtimiz Anvar Anvarov shohsupaga koʻtarildi.

Atletimiz Olimpiada va jahon chempionlari jamlangan uzunlikka sakrash sektorida bronza medaliga sazovor boʻldi. Uning soʻnggi urinishda koʻrsatgan 8.05 metr natijasi shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishini taʼminladi. Ushbu natija yurtdoshimizga kelasi oy Tokioda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qildi.

Text to speech