12 Avgust 2025 513

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun 8 hududdagi yosh sportchilar oʻzaro bellashishdi

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari doirasida bugun 8 hududda sport kurashlari, boks va dzyudo bellashuvlari oʻtkazildi.

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida boks boʻyicha bahslarga start berildi. Bugun dastlabki saralash bahslari boʻlib oʻtdi. Surxondaryo viloyatida esa ushbu sport turida barcha vazn toifasida gʻoliblar aniqlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida erkin kurash boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi. Rejaga koʻra, ertaga qizlar kurashi dasturida gʻoliblar aniqlanadi.

Jizzax, Fargʻona, Namangan va Navoiy viloyatlarida esa eng kuchli yosh dzyudochilar saralab olindi. Yakunda gʻoliblar uchinchi bosqich – Prezident Olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Text to speech