12 Avgust 2025
596
Toshkentda stol tennisi kuniga bagʻishlangan ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi
Bugun poytaxtimizdagi “Tashkent City Mall” savdo markazida hamyurtlarimiz uchun stol tennisi kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir aholi, ayniqsa yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, stol tennisining ommaviyligini oshirish va sportga qiziqishni kuchaytirish maqsadida oʻtkazildi. Doʻstona bellashuvlar va koʻrgazmali oʻyinlar davomida qatnashchilar oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.
Rasmiylar bunday tadbirlar orqali mamlakatimizda stol tennisi rivojiga qoʻshimcha turtki berish, aholining sport orqali faolligini yanada oshirish mumkinligini taʼkidladilar.









