11 Avgust 2025 622

"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari": Bugun dzyudo va boks bellashuvlari o‘tkazildi

Kun davomida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalari doirasida 4 ta hududda dzyudo va boks bahslari tashkil etildi.

Jumladan, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlarida dzyudo bahslari bo‘lib o‘tdi. Shiddatli bellashuvlarda 16 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.

Surxondaryo viloyatida esa boks bo‘yicha saralash bahslari o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun yarim final janglari o‘tkazildi. Ertaga Prezident Olimpiadasida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladigan sportchilar nomi aniqlanadi.

Text to speech