11 Avgust 2025
497
Xarbinda yosh figurali uchuvchilar uchun xalqaro yigʻin boshlandi
Shu kunlarda Xitoyning Xarbin shahrida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) va “Osiyo bolalari” qoʻmitasi hamkorligida yosh sportchilar uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻini tashkil etilmoqda. Figurali uchish boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur yigʻinda ikki nafar oʻzbekistonlik yosh sporti ham ishtirok etyapti.
Rejaga koʻra, mashgʻulotlar 18-avgustga qadar davom etadi. Dastur 13-17 yosh oraligʻidagi sportchilar uchun moʻljallangan boʻlib, unda xalqaro ekspertlar mazkur sport turi boʻyicha oʻz bilimlari bilan ulashishadi.
<iframe width="100%" height="857" src="https://www.youtube.com/embed/HwGHoSrUC-8" title="Xarbinda yosh figurali uchuvchilar uchun xalqaro yigʻin boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
