11 Avgust 2025 555

Nikita Svetkov Xitoydagi turnirda eng yaxshi osiyolik velosportchi

6-10-avgust kunlari Xitoyda velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha “Trans-Himalaya Cycling Race” koʻp kunlik velopoygalari oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston qatnashgan terma jamoasi aʼzolari yuqori natijalarni koʻrsatishdi.

Jumladan, hamyurtimiz Nikita Svetkov 4 bosqich yakuni boʻyicha osiyolik sportchilar orasida eng yaxshi poygachi sifatida eʼtirof qilindi. Shuningdek, milliy terma jamoamiz musobaqada qatnashgan jamoalar orasida eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi.

Text to speech