Boks boʻyicha Oʻzbekiston U22 jamoasi ham Osiyo chempionatida tengsiz boʻldi
Tailandda boks boʻyicha U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, mazkur yosh toifasida ham oʻzbekistonlik bokschilar oʻz mahoratlarini namoyish etib, qitʼamizda tengsiz ekanliklarini koʻrsatishdi. Murosasiz bellashuvlarda bokschilarimiz 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
Oltin medal:
-51 kg: Gulsevar Gʻaniyeva
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-55 kg: Samandar Olimov
-65 kg: Sayat Ilyasov
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-75 kg: Shavkatjon Boltayev
-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
+90 kg: Halimjon Mamasoliyev
Kumush medal:
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-70 kg: Oysha Toirova
-60 kg: Shohruh Abdumalikov
-80 kg: Rahmatullo Boymatov
-90 kg: Shahzod Polvonov
Bronza medal:
-50 kg: Behruz Xoldorov
-60 kg: Odinaxon Ismoilova
-65 kg: Mohira Ahmedova
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova
Eslatib oʻtamiz, kecha oʻtgan U19 yosh toifasidagi bahslarda ham bokschilarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan eng yaxshi natijani qayd etishgan edi.
