11 Avgust 2025 541

Kun dayjesti:

“Paxtakor-79” xotirasi abadiy
Bugun oʻzbek futbolining shonli jamoasi “Paxtakor” klubining 17 nafar aʼzosi aviahalokatga uchraganiga roppa-rosa 46 yil boʻldi. Ularning yodi qalbimizda abadiy yashaydi. 14-avgust kuni jamoa xotirasiga bagʻishlab Oʻzbekiston va Rossiya futboli faxriylari ishtirokida oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil qilinadi.

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida 2 bor shohsupaga koʻtarilishdi
Tailandning Pattayya shahrida akademik eshkak eshishning sohil sprinti turi boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Ushbu yoʻnalish Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari O.Bahodirov va Q.Xotamov yoshlar oʻrtasidagi juftlik dasturida oltin, xuddi shu yoʻnalishning kattalar toifasida esa Sh.Xolmirzayev hamda S.Safaraliyev bronza medaliga ega chiqishdi.

Yosh bokschilarimiz Tailandda Osiyo chempionligi uchun jang qilishmoqda
Bugun Tailandda boks boʻyicha U22 yosh toifasidagi qitʼa birinchiligi oʻz yakuniga yetadi. Ayni paytda sportchilarimiz final janglarini oʻtkazishmoqda. Maʼlumot uchun, ushbu yosh toifasida 14 nafar hamyurtimiz hal qiluvchi bosqichga yetib kelgan va bu ishtirokchi davlatlar orasida eng yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi.

Text to speech