10 Avgust 2025
306
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Toshkent va Surxondaryoda bellashuvlar oʻtkazildi
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarida qiziqarli bahslar tashkil etildi. Kecha Termizda boshlangan boks boʻyicha saralash janglari bugun ham davom etdi.
Shuningdek, kun davomida Toshkent shahrida taekvondo WT boʻyicha hududiy bellashuvlar oʻtkazildi. Unda 1-bosqichda muvaffaqiyatli qatnashgan 120 nafar oʻgʻil-qizlar gʻoliblik uchun dayanga chiqishdi.




