10 Avgust 2025 610

U19 yosh toifasidagi bokschilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi

Tailandda boks boʻyicha U19 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

 Oltin medal:
-60 kg: Sevara Mamatova
+80 kg: Sobiraxon Shaxobiddinova
-65 kg: Jahongir Zayniddinov
-70 kg: Abdulaziz Joʻraqulov
-80 kg: Norbek Abdullayev
-85 kg: Samir Sobirov
+90 kg: Islam Salihov

 Kumush medal:
-70 kg: Rayhona Qurbonboyeva
-48 kg: Maftuna Musurmonova
-75 kg: Muhammadjon Yaqupboyev

 Bronza medal:
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg: Maftuna Yangiyeva
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva

Dasturga koʻra, ertaga U22 yosh toifasidagi final bellashuvlari tashkil etiladi.

Text to speech