9 Avgust 2025 481

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Uch hududda uch sport turida bellashuvlar oʻtkazildi

Jizzax viloyatida ham “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqich bahslari boshlandi. Bugun Jizzax shahridagi “Cyber Arena” majmuasida taekvondo WT boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.

Qolaversa, Navoiy viloyatida ogʻir atletika boʻyicha bahslar tashkil etildi. Viloyat yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida oʻtgan qiziqarli bellashuvlarda kuchlilar aniqlandi.

Surxondaryoda esa boks boʻyicha musobaqalar boshlandi. Dasturga koʻra, bugun saralash bosqichidan oʻrin olgan janglar tashkil etildi. Bellashuvlarda yigitlar va qizlar turli vazn toifalarida gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Text to speech