8 Avgust 2025 517

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun toʻrt hududda bellashuvlar oʻtkazildi

Bugun Respublikamizning 4 hududida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqichidan oʻrin olgan bellashuvlar tashkil etildi.

Xorazmda taekvondo WT boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. “Yoshlik” sport majmuasi mezbonlik qilgan bahslarda viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov ham qatnashib, gʻolib va sovrindorlarni taqdirladi.

Shuningdek, Qashqadaryoda ham taekvondo WT boʻyicha hududiy bosqich gʻoliblari aniqlandi. Qarshi shahrida oʻtgan bellashuvlarda viloyatning barcha mintaqalardan kelgan yosh taekvondo ustalari ishtirok etishdi.

Namangan viloyatida esa yengil atletika boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda viloyatning barcha hududidan tashrif buyurgan 15-17 yosh oraligʻidagi sportchilar 9 yoʻnalishda bahs olib borishdi.

Fargʻona viloyatida esa yosh ogʻir atletika ustalari kuch sinashishdi. Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida oʻtgan bahslarda gʻalaba qozongan ishtirokchilar yakuniy – Prezident Olimpiadasida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Text to speech