8 Avgust 2025
507
Figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari aniqlandi
Toshkentda figurali uchish boʻyicha turli yosh toifalaridagi Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi. Ikki kun davom etgan musobaqada koʻplab iqtidorli yoshlar oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.
Koʻpchilikning diqqat markazida kattalar oʻrtasidagi bellashuvlar boʻldi. Yakunda Sofiya Vidrina va Azizmurod Shabazov oltin medalga ega chiqishdi.



