7 Avgust 2025 476

Navoiyda badiiy gimnastika boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari oʻtkazildi

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqasining ikkinchi bosqichi doirasida badiiy gimnastika boʻyicha bellashuvlarga ham start berildi. Dastlab Navoiy viloyatida ushbu sport turi boʻyicha bahslar tashkil etildi.

Murakkab elementlarni oʻzida jamlagan chiqishlar mutasaddilarning eʼtiborini tortdi. Yakunda eng yuqori ball jamgʻargan Sevinch Moʻminova gʻalaba qozondi va Prezident Olimpiadasida Navoiy viloyati sharafini himoya qiladigan boʻldi.

Text to speech