7 Avgust 2025
562
Samarqandda “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqichi boshlandi
Samarqand viloyatida ham “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqichiga start berildi. Taekvondo WT boʻyicha tashkil etilayogan musobaqaning ochilish marosimida Sport vaziri Adham Ikramov ishtirok etdi.
Vazir mamlakatimiz sportida ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu turnirning barcha ishtirokchilariga omad tiladi. Maʼlumot uchun, bellashuvlarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan yoshlar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda. Yakunda oʻz vazn toifasida gʻalaba qozongan sportchilar Prezident Olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.




