7 Avgust 2025
547
U22 yosh toifasida eng koʻp bokschi bilan finalga yoʻl oldik
Tailandda oʻtayotgan boks boʻyicha U18 va U22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatida kuchlilar aniqlanmoqda. Hozirgi kunga kelib, U22 yosh toifasidagi bokschilarimizning 14 nafari (9 nafar yigit, 5 nafar qiz) final yoʻllanmasini hal qilib ulgurdi. Bu mazkur yosh toifasida finalga yoʻl olgan jamoalar orasida eng yaxshi koʻrsatkich boʻlib turibdi.
Bugun U19 yosh toifasidagi yigitlar oʻrtasida soʻnggi chorak final bahslari oʻtkaziladi. Unda 10 nafar hamyurtimiz yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarilishi belgilab qoʻyilgan. Taʼkidlash joiz, ushbu yosh toifasidagi qizlarimizning 6 nafari chorak finaldan muvaffaqiyatli oʻtib, oltin medal sari yurishini davom ettirmoqda.









