6 Avgust 2025
432
Syorfingchimiz ilk bor Osiyo chempionatida qatnashmoqda
Shu kunlarda Hindistonning Maxabalipuram shahrida syorfing boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. 19 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi qatnashayotgan mazkur musobaqada birinchi bor Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi ham ishtirok etyapti.
Ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini 20 yoshli sportchimiz Mayya Karl himoya qilyapti. Anʼanaga muvofiq, ochilish marosimida musobaqaning barcha ishtirokchilari maxsus idishni oʻz mamlakatlaridan olib kelingan qum bilan toʻldirishdi. Sportchimiz bu tadbirda idishni Orol dengizidan olib kelingan qum bilan boyitdi.
<iframe width="100%" height="634" src="https://www.youtube.com/embed/msX0uXYfCB8" title="Syorfingchimiz ilk bor Osiyo chempionatida qatnashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
