6 Avgust 2025
586
Toshkentda figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi
Poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida figurali uchish boʻyicha turli yosh toifalaridagi Oʻzbekiston chempionati start oldi. Unda Respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Ushbu chempionat terma jamoa murabbiylari uchun yaqinlashib kelayotgan mavsum oldidan iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun saralash vazifasini bajarib beradi. Dasturga koʻra, sportchilar bugun qisqa dasturdagi chiqishlarini namoyish etishadi. Ertaga belgilangan erkin dasturdan soʻng barcha yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
