3 Avgust 2025 880

Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilgan voleybol boʻyicha U19 jahon chempionati yakunlandi

24-iyul kuni Toshkentda start olgan va dunyoning eng kuchli jamoalarini bir maydonga toʻplagan voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi U19 jahon chempionati bugun oʻz yakuniga yetdi.

Soʻnggi kunning final bahsida amaldagi chempion Fransiya terma jamoasi Polshani 3:1 hisobida magʻlub etib, yana bir karra jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Bronza medali uchun kechgan murosasiz oʻyinda esa Ispaniya terma jamoasi Eron ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Chempionatning taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ham ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarni tabrikladi hamda musobaqa yuksak saviyada oʻtganini taʼkidladi.

Text to speech