3 Avgust 2025
731
Voleybolchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi
Toshkentda oʻtayotgan voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi U19 jahon chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda. Bugun Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari pokistonlik tengqurlariga qarshi 13-oʻrin uchun bahs olib borishdi. Afsuski, bellashuv raqib jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi va vakillarimiz musobaqani 14-oʻrinda tugatishdi.
Oʻzbekiston 0 – 3 Pokiston
(18:25, 19:25, 18:25)
