3 Avgust 2025
512
Yana bir kurashchimiz jahon chempionatida kumush medal bilan taqdirlandi
Gretsiyada sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda. Ortda qolgan kun Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir kumush medali yozildi.
-55 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan erkin kurashchimiz Abdumalik Jaloldinov shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi. Yurtdoshimiz yaponiyalik raqibi bilan kechgan shiddatli final bahsida 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.