2 Avgust 2025
578
Voleybolchilarimiz Yaponiyani magʻlub etishdi
Poytaxtimizda tashkil etilayotgan voleybol boʻyicha U19 yosh toifasidagi jahon chempionati hal qiluvchi bosqichga kirmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan bahs olib bordi va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Endi vakillarimiz 13-oʻrin uchun bellashuvda ertaga pokistonlik tengqurlariga qarshi qarshi maydonga chiqishadi.
Oʻzbekiston 3 – 1 Yaponiya
(14:25, 25:21, 25:21, 25:14)
