2 Avgust 2025 895

Saken Polatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi

Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha U19 va U22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati doirasida Asian Boxing tashkilotining Kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda tashkilot rahbariyati tarkibi shakllantirib olindi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Asian Boxing tashkilotining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Saken Djetibayevichni ushbu nufuzli lavozimga saylanganligi bilan tabriklaydi hamda mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va kuch-g‘ayrat tilaydi.

Text to speech