1 Avgust 2025 728

Tarixiy natija: Ilk bor kurashchi qizimiz jahon chempioni boʻldi!

Afinada oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatidan xushxabar. Bugungi bahslar Oʻzbekiston terma jamoasi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Boisi, unda qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda ilk bor hamyurtimiz oltin medalga sazovor boʻldi.

Ushbu natijaga -40 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz Shohista Shonazarova erishdi. Chorak finalda Germaniya, yarim finalda AQSh vakillarini birorta ball bermasdan magʻlub etgan yurtdoshimiz finalda yaponiyalik sportchini ham 11:0 hisobida dogʻda qoldirishga erishdi.

Text to speech