1 Avgust 2025
545
Bangkokda boks boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi
Tailandda boks boʻyicha U19 va U22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati start oldi. Qitʼamizning 25 mamlakatidan 367 nafar sportchi qatnashayotgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi.
Mamlakat boks federatsiyasining maʼlum qilishicha, turnirda jami 38 nafar bokschimiz medallar uchun kurash olib boradi. Hamyurtlarimiz bugundan ishtiroklarini boshlashdi.
