1 Avgust 2025 621

Kurashchi qizimiz jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻldi

Gretsiya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir medalga ega chiqdi. Ushbu medalni qizlar kurashi dasturida ishtirok etgan Muhayyo Rahimjonova qoʻlga kiritdi.

-65 kg vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz murosasiz kechgan bahslarda faqatgina hindistonlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi xolos. Musobaqa davom etadi.

Text to speech