31 Iyul 2025
754
Singapur safari muvaffaqiyatli va sermahsul oʻtdi
Oʻzbekiston delegatsiyasining Singapurga xizmat safari muvaffaqiyatli yakunlandi. Safar davomida xalqaro tashkilotlar rahbariyati bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, sport sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Silk Road-2026 nomi ostida tashkil etiladigan suzish bo'yicha Jahon kubogi bosqichlaridan birini Toshkentda oʻtkazish borasida ijobiy kelishuvga erishildi. Mazkur muzokaralar kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
<iframe width="100%" height="634" src="https://www.youtube.com/embed/CRpzonRq44M" title="Singapur safari muvaffaqiyatli va sermahsul oʻtdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
