31 Iyul 2025 673

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatini 4 ta oltin medal bilan yakunlashdi

Afinada oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchilarning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Yunon-rum kurashi boʻyicha kechgan bellashuvlarda yosh sportchilarimiz yana 2 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi.

 Oltin medal:
-51 kg: Otabek Tursunov
-71 kg: Behruzbek Valiyev

Shu tariqa, yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston U17 terma jamoasi jahon chempionatini 4 ta oltin medal bilan yakunladi. Ochkolar jamgʻarish boʻyicha esa umumjamoa hisobida Erondan keyin ikkinchi oʻrinni egalladik.

Text to speech