31 Iyul 2025 495

Armen Bagdasarovni tabriklaymiz!

Bugun yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston uchun dastlabki medalni taqdim qilgan sportchi, dzyudo boʻyicha Atlanta-1996 yozgi Olimpiya va Bangkok-1998 yozgi Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindori, ikki karra Osiyo chempioni, “Mehnat shuhrati” ordeni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy” faxriy unvonlari sohibi Armen Bagdasarov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Armen Yuryevichni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech