30 Iyul 2025 503

Andijonda “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi oʻtkazildi

Andijonda dzyudo boʻyicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining navbatdagi bosqich bellashuvlari tashkil etildi. Umumiy sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etgan musobaqada 150 nafarga yaqin polvon gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Yakunda Artyom Shturbabin (-66 kg), Behruz Xomidov (-81 kg), Sharofiddin Boltaboyev (-90 kg) va Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) oʻz vazn toifalarida gʻalaba qozonishdi. Ushbu turnir orqali terma jamoa murabbiylar shtabi asosiy tarkib vakillari bilan bir qatorda zaxira sportchilarining ham bugungi holatini koʻzdan kechirib olish imkoniyatiga ega boʻldi.

Text to speech