30 Iyul 2025 468

OOK vitse-prezidenti Gordon Tang bilan uchrashuv tashkil etildi

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan yana bir muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Kambodja Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, OOK vitse-prezidenti Gordon Tang bilan suhbat olib borishdi.

Uchrashuvda har ikki OOK vitse-prezidentlari qitʼamiz sporti jahonda oʻz mavqeyini mustahkamlab borayotganini alohida taʼkidlashdi. Shuningdek, ikki tomon Osiyo sportining istiqboliga oid qator mavzular, xususan, osiyolik atletlarning jahon miqyosdagi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlarini taʼminlash kabi mavzular kun tartibidan oʻrin oldi.

Text to speech