30 Iyul 2025 872

O‘zbekiston va Qatar sportidagi istiqbolli hamkorlik muhokama qilindi

Singapurda suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston sporti rasmiylari musobaqa doirasida qator rasmiy uchrashuvlar tashkil qilishmoqda.

Tashrif doirasida Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Qatar Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Suhbatda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi koʻpqirrali aloqalarni sport sohasida yangi bosqichga olib chiqish kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida Shayx Jav’an janobi oliylari yurtimiz sporti ildam qadamlar bilan rivojlanib borayotganini futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani misolida alohida ta’kidladi. Shuningdek, terma jamoalarni yirik kompleks musobaqalarga tayyorlashda qo‘shma yig‘inlar tashkil etish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishda tajriba almashish kabi rejalar ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida tomonlar o‘zaro amaliy hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Text to speech